
Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) bosh direktori Rafael Grossi O‘zbekistonning yadroviy zarar uchun fuqarolik mas’uliyati bo‘yicha Venna konvensiyasiga qo‘shilish hujjatini topshirganini tasdiqladi. Rafael Grossi ushbu voqea munosabati bilan O‘zbekistonni tabriklab, bu qadam mamlakatning yadroviy xavfsizlik va mas’uliyatni mustahkamlash borasidagi tezkor va qat’iy majburiyatini aks ettirishini ta’kidladi.
Mazkur hujjat 2025-yilning may-iyun oylarida parlamentning ikkala palatasi tomonidan tasdiqlangan va Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan. Venna konvensiyasiga qo‘shilish mamlakatning ehtimoliy yadroviy zarar uchun fuqarolik mas’uliyati bo‘yicha xalqaro standartlarga rioya qilish majburiyatini mustahkamlaydi.
Konvensiya jabrlanuvchilarga kompensatsiya to‘lash tartibini belgilaydi, yadroviy ob’ektlar operatorlarining mas’uliyatini va avariya yuz bergan taqdirda minimal moliyaviy kafolatlarni o‘rnatadi. Venna konvensiyasiga qo‘shilish O‘zbekistonning tinch atom sohasida zamonaviy huquqiy bazani shakllantirish strategiyasining bir qismidir.
Mamlakat MAGATEning xavfsizlik standartlari va yadro materiallari bilan ishlash qoidalarini tartibga soluvchi 25 dan ortiq hujjatini joriy etishni rejalashtirmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar