date

Andijonda avtobuslar to'lovlari naqdsiz bo'ladi

Andijonda avtobuslar to'lovlari naqdsiz bo'ladi
Andijon shahrida 2026-yil 1-yanvardan boshlab avtobuslarda yo'l haqi uchun to'lovlar faqat naqdsiz shaklda amalga oshiriladi. Bu haqda Transport vazirligi ma'lum qildi.

Naqdsiz to'lov narxi 2,1 ming so'mni tashkil etadi. Yo'lovchilar yo'l haqini bank kartalari, mobil ilovalar yoki ATTO kartalari orqali to'lashi mumkin bo'ladi.

Naqd to'lovni afzal ko'rganlar uchun esa 3 ming so'mlik bir martalik QR-chipta sotib olish imkoniyati yaratiladi. Ushbu chiptalar avtobus bekatlarida va Paynet, MultiPay hamda Oson infokiosklarida sotuvga chiqariladi.

Mutasaddilar andijonliklarga vaqt va mablag'ni tejash uchun elektron to'lov tizimiga o'tishni tavsiya qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Andijonda avtobuslar to'lovlari naqdsiz bo'ladi