date

Prezident yangi yil munosabati bilan dam olish kunlari bo‘yicha yangi farmon e’lon qildi

Prezident yangi yil munosabati bilan dam olish kunlari bo‘yicha yangi farmon e’lon qildi

O‘zbekistonda Yangi yil bayrami munosabati bilan aholi uchun uzaytirilgan dam olish kunlari belgilandi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 24 dekabr kuni imzolangan “2026 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmonda so‘z boradi.

Farmonga muvofiq, ish haftasining turidan qat’i nazar, 31 dekabr hamda 2 va 3 yanvar qo‘shimcha dam olish kunlari etib belgilandi. Shu tariqa, o‘zbekistonliklar Yangi yil bayrami munosabati bilan jami besh kun dam olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

2026 yilda barcha xodimlar uchun 2 yanvar, 28–29 may va 31 avgust qo‘shimcha dam olish kunlari hisoblanadi. Olti kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun esa 3 yanvar, 30 may va 31 dekabr qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan.

Shuningdek, ayrim bayram kunlari dam olish kunlariga to‘g‘ri kelishi sababli ko‘chiriladi. Jumladan, 8 mart, 21 mart va 9 may bayramlariga mos dam olish kunlari tegishli ravishda 9 mart, 23 mart va 11 mayga ko‘chiriladi. Besh kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun dam olish kuni 12 dekabrdan 31 dekabrga ko‘chiriladi.

Bayram kunlari uzaytirilishi munosabati bilan turizm, sanatoriylar va ichki transport xizmatlari uchun chegirmalar hamda aksiyalar tashkil etish tavsiya qilingan. Bayram tadbirlari haqida aholini keng xabardor qilish choralari ham ko‘riladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezident yangi yil munosabati bilan dam olish kunlari bo‘yicha yangi farmon e’lon qildi