date

Nolanning “Odisseya” treyleri bir kunda 121 mln marta ko‘rildi (treyler)

Nolanning “Odisseya” treyleri bir kunda 121 mln marta ko‘rildi (treyler)

2025 yil 25 dekakabr kuni afsonaviy rejissyor Kristofer Nolan tomonidan suratga olingan yangi “Odisseya” filmining ilk treyleri ijtimoiy tarmoqlarda haqiqiy portlash qildi. Bir sutka ichida videorolik 121 milliondan ortiq marta tomosha qilindi. Bu haqda Forbes nashri WaveMetrix ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Bu natija Nolanning oldingi megaloyihasi — “Oppenheymer” treylerining birinchi sutkadagi ko‘rsatkichidan qariyb ikki barobar yuqori. Shu tariqa, “Odisseya” 2025 yilda Universal Pictures studiyasi uchun eng ommabop treylerga aylandi. Qisqasi, internet Nolan effektini yana his qildi.

Tomoshalarning eng katta ulushi TikTok platformasi hissasiga to‘g‘ri keldi — 27 foiz. Keyingi o‘rinlarda YouTube, Facebook, Instagram va X joylashdi. Bu esa filmga qiziqish faqat kino muxlislari bilan cheklanib qolmaganini ko‘rsatadi.

Film syujetining asosi qadimgi yunon shoiri Gomerning mashhur “Odisseya” dostoniga borib taqaladi. Kartinada Troya urushi yakunlanganidan keyin qahramon Odisseyning uzoq va xavfli uyga qaytish sayohati tasvirlanadi. Asosiy rolni Mett Deymon ijro etgan.

Shu bilan birga, film aktyorlar tarkibi ham alohida e’tiborga loyiq. Loyihada Enn Hetuey, Tom Xolland, Zendeya, Robert Pattinson, Lyupita Niongo va Sharliz Teron kabi yulduzlar ishtirok etgan. Bunday kast — bu allaqachon muvaffaqiyat formulasi.

Ma’lum qilinishicha, film budjeti taxminan 250 million dollar atrofida baholanmoqda. Kartinaning rasmiy premerasi 2026 yil 17 iyulga rejalashtirilgan bo‘lsa-da, chiptalar namoyishga bir yil qolganidayoq sotuvga chiqarilgan. Bu esa studiyaning filmga bo‘lgan ishonchi nihoyatda yuqori ekanini ko‘rsatadi.

Qisqa qilib aytganda, “Odisseya” hali ekranlarga chiqmasidanoq tarix yoza boshladi. Agar treyler shuncha shov-shuv qilgan bo‘lsa, filmning o‘zi nima qilajagini tasavvur qilish qiyin emas.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Nolanning “Odisseya” treyleri bir kunda 121 mln marta ko‘rildi (treyler)