date

26 dekabr kuni O‘zbekistonda sovuq yana kuchayadi

26 dekabr kuni O‘zbekistonda sovuq yana kuchayadi

O‘zgidromet 26 dekabr uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra, juma kuni respublika hududlarida havo harorati pasayib, qishga xos salqinlik yana seziladi.

Toshkent shahrida osmon o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning birinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Shamol sharq tomondan sekundiga 3–8 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 3–5 daraja iliq atrofida saqlanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim joylarda qor yog‘ishi va tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Kechasi harorat 5–10 daraja sovuq, kunduzi esa 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida osmon o‘zgaruvchan bo‘ladi, asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyatining ayrim hududlarida qor yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman kuzatiladi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi esa 2–7 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Toshkent viloyatining ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ayrim hududlarda tuman tushishi ehtimoli bor. Sharqiy shamol 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Kechasi harorat 0–5 daraja iliq, kunduzi 2–7 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ob-havo barqaror, yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 6–11 daraja iliq atrofida saqlanadi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5–10 metr tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi esa 3–8 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim joylarda qor yog‘ishi va tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi hududlarda yaxmalak kuzatilishi ehtimoli bor. Sharqiy shamol 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 2–7 daraja sovuq bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » 26 dekabr kuni O‘zbekistonda sovuq yana kuchayadi