
O‘zbekistonda o‘tkazilgan keng ko‘lamli tezkor-profilaktik tadbirlar davomida yuzlab qonunbuzarlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rildi. Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 20 noyabrdan 20 dekabrga qadar bo‘lgan bir oy ichida 379 nafar shaxsga “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Qayd etilishicha, mamlakatning barcha hududlarida huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligida jami 16 mingdan ortiq tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazilgan. Natijada 2 256 ta jinoyat fosh etilgan, 1 534 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ayniqsa, giyohvandlikka qarshi kurash yo‘nalishidagi ishlar katta hajmni tashkil etgan. Tadbirlar chog‘ida 2 375 ta narkotikka oid holat aniqlanib, jinoiy guruhlardan 500 kilogrammdan ziyod narkotik moddalar hamda 166 mingdan ortiq psixotrop dorilar musodara qilingan. Shuningdek, noqonuniy yetishtirilgan 500 dan ziyod giyohvandlik o‘simliklari yo‘q qilingan.
Ichki ishlar organlari bunday tadbirlar jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlamoqda. Qonun ustuvorligi yo‘lida ishlar izchil davom etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.