date

"Atletiko"ning bugungi muvaffaqiyatlarida Simeonening hissasi katta ekanligi ta'kidlandi

"Atletiko"ning bugungi muvaffaqiyatlarida Simeonening hissasi katta ekanligi ta'kidlandi
Londonning "Arsenal" va Peterburgning "Zenit" klublari sobiq hujumchisi Andrey Arshavin madridliklar ustozi Diego Simeonening faoliyati haqida fikr bildirdi. Arshavinning ta'kidlashicha, Simeone "Atletiko"ni yangi bosqichga olib chiqqan.

"Simeonening futbol uslubi hamma uchun yoqmasligi mumkin, biroq bu uning o'ziga xos yondashuvi. Bugungi "Atletiko" aynan Simeonening jamoasi", – dedi mutaxassis "Match TV" telekanali efirida.

Ma'lumot uchun, argentinalik murabbiy 2011 yildan beri "matraschilar"ni boshqarib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan.

2025/2026 yilgi mavsumda "Atletiko" 37 ochko jamg'arib, Ispaniya chempionati turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Atletiko"ning bugungi muvaffaqiyatlarida Simeonening hissasi katta ekanligi ta'kidlandi