O‘zbekistondagi harbiy unvonlar ketma-ketligi qanday ekanligini bilasizmi? Adliya vazirligining Telegram messenjeridagi kanali ushbu masalaga oydinlik kiritdi.
Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risidagi Qonunga asosan, Qurolli Kuchlardagi oliy harbiy unvon armiya generali bo‘lib, bu unvon (urush davrida) Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoniga, shuningdek, mudofaa vaziriga beriladi.
Yuridik yoki tibbiy yo‘nalishdagi harbiy hisobdagi ixtisoslikka ega bo‘lgan harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majburning harbiy unvoniga tegishincha «adliya» yoki «tibbiy xizmat» so‘zlari qo‘shiladi.
Rezervdagi, zaxiradagi yoki iste’fodagi fuqarolarning harbiy unvoniga tegishincha «rezervdagi», «zaxiradagi» yoki «iste’fodagi» degan so‘zlar qo‘shiladi.
P.S. O‘zbekistonda armiyasi asosan quruqlikdagi qo‘shinlardan iborat. Tinchlik davrida eng oliy unvon generallik unvoni hisoblanadi. Shuningdek, Amudaryoda O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati davlat chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasiga bo‘ysunuvchi harbiy-daryo kuchlari bor. Unda O‘zbekistonda oliy oifserlik tarkibi — admirallik unvonlari nazarda tutilmagan.
Adliya vazirligining Telegram messenjeridagi @huquqiyaxborot kanalidan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi