06:47 / 12.02.2025
388

Gurjiston bosh vaziri Rossiya bilan diplomatik aloqalarni tiklash shartini aytdi

Gurjiston bosh vaziri Rossiya bilan diplomatik aloqalarni tiklash shartini aytdi
Gurjiston hududiy yaxlitligi tiklanmagunga qadar Rossiya bilan diplomatik aloqalar qayta yoʻlga qoʻyilmaydi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Irakliy Kobaxidze ma'lum qildi.

«Bizning diplomatik aloqalarimiz yoʻq va u Gurjiston hududiy yaxlitligi tiklanmagunga qadar boʻlmaydi. Biroq biz yana pragmatik siyosat olib boryapmiz. Pragmatizmsiz, albatta, Gurjiston omon qolmaydi», — deydi u.

Kobaxidzening soʻzlariga koʻra, bu mamlakat tarixidagi muhim darslardan biridir. Shu bilan birga, bosh vazir Gurjiston hududiy yaxlitligiga bogʻliq munosabatlarda aniq yoʻnalishlar borligini qayd etgan.

«Bu nafaqat siyosiy, balki huquqiy masala hamdir… Ammo bizda savdo, iqtisodiy aloqalar mavjud, hozirgi vaziyat shunaqa va biz munosabatlarimizda shu kartinani saqlab qolish niyatidamiz», — deya qoʻshimcha qiladi Kobaxidze.

Rossiya bugungi kunda Gurjistonning ikkinchi oʻrindagi eng yirik savdo sherigi hisoblanadi. Rossiya bilan savdo aylanmasi 2024 yilda 5,4 milliard dollarni tashkil etgan. Gurjiston mahsulotlari eksportida Rossiyaning ulushi oʻtgan yili 10,8 foizni tashkil etgan. Rossiyadan import qilinadigan tovarlar ulushi esa 11,2 foizga teng.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo