07:21 / 12.02.2025
199

Bugungi oʻyinlar natijasi: «Real» «otishma»da gʻalabani ilib ketdi, «PSJ» va «Borussiya» deyarli 1/8 finalda

Bugungi oʻyinlar natijasi: «Real» «otishma»da gʻalabani ilib ketdi, «PSJ» va «Borussiya» deyarli 1/8 finalda
Foto: AP
Evropa Chempionlar Ligasida 1/8 finalga oʻtish bosqichining bir nechta oʻyinlari boʻlib oʻtdi.

«Etihad»da oʻtgan markaziy oʻyinda «Manchester Siti» amaldagi chempion «Real»ni qabul qilib, kambek qurboni boʻldi. Holandning dubliga Mbappe, Dias va Bellinghem javob berishdi. Hal qiluvchi toʻp 90+2-daqiqada kiritildi. Bu — Madrid klubining «shaharliklar» maydonidagi ilk gʻalabasi. Mezbonlar safida oʻzbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov zaxirada qoldirildi.

Fransiya jamoalari toʻqnashuvida kutilganidek «PSJ» «Brest» ustidan ishonchli gʻalabaga erishdi, 2025 yilning eng yaxshi toʻpurari boʻlib turgan Dembele dubl qayd etdi.

Oʻz juftligida favorit sanalgan «Yuventus» PSV ustidan qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi. «Borussiya D» esa Lissabonda «Sporting»dan yirik hisobda ustun kelib, keyingi bosqich sari katta qadam tashladi.

Javob bellashuvlari 19 fevral kuni oʻtkaziladi.

EChL. 1/8 finalga chiqish uchun oʻtish bosqichi. 11 fevral
Birinchi oʻyinlar


Manchester Siti — Real 2:3
Gollar
: Holand (19, 80 penalti) — Mbappe (60), Dias (86), Bellinghem (90+2) .
Manchester Siti – Ederson, Gvardiol, Ake (Kovachich, 61), Diash, Akanji (Lyuis, 46), Stounz, Grilish (Foden, 30), Silva, de Bryuyne, Savio (Marmush, 84), Holand.
Real – Kurtua, Mendi, Asensio, Chuameni, Valverde, Bellinghem, Seballos (Modrich, 81), Kamavinga, Rodrigo (Dias, 84), Vinisius, Mbappe (Fran Garsiya, 90+2).

Brest — PSJ 0:3
Gollar
: Vitinya (21, penalti), Dembele (45, 66).
Brest – Bizot, Aydara, Kulibali, Shardonne, Lala, Manetti (Fernandesh, 64), Le-Melu (Sala, 83), Kamara (Pereyra Laje, 83), Fevr (Dumbiya, 72), Sima (Balde, 64), Ajork.
PSJ – Donnarumma, Mendesh, Pacho, Markinos, Hakimi, Fabian Ruis, Vitinya, Joau Nevesh, Barkolya (Li Kan In, 75), Dembele (Ramush, 82), Due (Kvarasxeliya, 67).
Ogohlantirishlar: Barkolya (70), Shardonne (74).

Yuventus — PSV 2:1
Gollar
: Makkenni (34), Mbangula (82) — Perishich (56).
Yuventus – Di Gregorio, Kelli, Gatti, Veyga, Vea, Lokatelli (Tyuram, 68), Duglas Luis, Makkenni (Kopmeyners, 68), Yildiz (Mbangula, 46), Gonsales (Konseysau, 58), Kolo-Muani (Vlahovich, 77).
PSV – Benites, Mauro Junior, Obispo, Flamingo, Ledesma, Verman, Shauten, Saybari (Til, 72), Lang (Bakayoko, 72), Perishich, de Yong.
Ogohlantirish: de Yong (73).

Sporting — Borussiya D 0:3
Gollar
: Girassi (60), Gross (68), Adeyemi (82).
Sporting – Ruy Silva, Mateus Reys (Bragansa, 62), Sen-Jyust, Diomande, Fresneda (Kuarejma, 73), Simoynsh (Morita, 62), Debast (Biel, 73), Arauxo, Kenda, Trinkau, Harder (Gokeresh, 59).
Borussiya D – Kobel, Svensson (Zyule, 90+3), Shlotterbek, Ryuerson, Jan, Gross (Oʻzjan, 90+3), Zabittser, Brandt (Dyuranvil, 86), Gittens (Bayer, 65), Adeyemi (Chukvuemeka, 86), Girassi.
Ogohlantirishlar: Girassi (66), Trinkau (78).

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport