Netanyaxu garovga olinganlarni ozod qilish uchun HAMAS oldiga ultimatum qoʻydi, deb yozmoqda Xabar.uz nashri.
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu, agar HAMAS guruhi anklavda garovga olinganlarni shanba kuni (15 fevral) tushga qadar qaytarmasa, Isroil armiyasi Gʻazo sektoridagi janglarni qayta boshlashini aytdi.
«Agar HAMAS shanba kuni tushdan keyin garovga olinganlarni qaytarib bermasa, oʻt ochishni toʻxtatish rejimi tugaydi va XAMAS nihoyat magʻlubiyatga uchraguniga qadar armiya shiddatli janglarni davom ettiradi», dedi Netanyaxu harbiy Vazirlar Mahkamasi a'zolari bilan uchrashuvdan soʻng e'lon qilgan bayonotida.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp HAMASdan barcha garovga olinganlarni shanba kuni tushgacha ozod etishni talab qilgan edi, aks holda u Gʻazo «jahannam»ga aylanishi bilan tahdid qilgan. «HAMAS nima demoqchi ekanligimni tushunadi», dedi u.
Bir kun avval jangarilar Isroil oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvi shartlariga rioya qilmayotganini e'lon qilib, asirdagi isroilliklarni garovga olish va ularni falastinlik asirlarga almashtirishning navbatdagi bosqichini kechiktirish bilan tahdid qilgan edi. Isroil, XAMASning harakatlari kelishuvni buzganini aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar