![Oʻzbekistonda hafta davomida qanday ob-havo boʻladi?](/uploads/posts/2025-02/164214a598_pijmizyczas.webp)
Ushbu haftaning birinchi yarmida Oʻzbekiston hududi nam va nisbatan sovuq havo massalari ta'siri ostida boʻladi, deb xabar bermoqda “Oʻzgidromet”. Respublika boʻyicha vaqti-vaqti bilan asosan qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻlishi kutilmoqda.
13 fevralda markaziy va sharqiy viloyatlarda ayrim joylarda, shuningdek, Oʻzbekistonning choʻl hududlarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. 14 fevralda respublikaning koʻpchilik viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat eng chekka janubda ba'zi joylarda bir oz yomgʻir yogʻishi mumkin, togʻoldi va togʻli hududlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi.
Havo harorati 10—11 fevralda kunduz kunlari 0-5 daraja iliq, kechalari 0-5 daraja sovuq, shimolda va choʻl hududlarda ba'zi joylarda 6-8 darajagacha sovuq boʻladi. 12 fevraldan harorat asta-sekin koʻtarila boshlaydi va 13—14 fevralga kelib, kunduzgi harorat 8-11 daraja iliqqacha, janubda 12-14 daraja iliqqacha koʻtariladi.
Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi. Respublika boʻyicha ba'zi joylarga tuman tushadi.
Toshkentda 10 fevral kuni kechqurun bir oz qor yogʻishi mumkin. 11—12 fevralda vaqti-vaqti bilan asosan qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi. 13 fevralda asosan yomgʻir koʻrinishidagi bir oz yogʻingarchilik boʻlishi kutilmoqda. 14 fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechalari 3 daraja sovuq 2 daraja iliq, kunduz kunlari 10-11 fevralda 0-5 daraja iliq boʻladi, 12-14 fevralda 8-10 daraja iliqqacha asta-sekin koʻtariladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar