13:49 / 11.02.2025
4 147

Yarim finalga chiqqan Javohir Sindarov qancha ishlab oldi?

Yarim finalga chiqqan Javohir Sindarov qancha ishlab oldi?
Germaniyaning Vaysenxaus shahrida "Freestyle Chess-2025" turniri oʻzining qizgʻin pallasiga kirib bormoqda.

Kecha chorak final javob oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Nodirbek Abdusattorov ikkinchi partiyada ham Magnus Karlsenga imkoniyatni boy berdi. Javohir Sindarov esa amerikalik Hikaru Nakamurani magʻlub etib, yarim finalga yoʻl oldi.

Javohir 1/2 finalga chiqqani uchun hozircha 60 ming dollarni naqd qildi. Abdusattorov esa chorak finaldagi ishtiroki uchun 20 ming dollar ishlab oldi va u 5-oʻrin uchun kurashadi.

"Freestyle Chess-2025" turnirida kim, qancha oladi?

Gʻolib - 200 ming dollar;
2-oʻrin - 140 ming dollar;
3-oʻrin - 100 ming dollar;
4-oʻrin - 60 ming dollar;
5-oʻrin - 50 ming dollar;
6-oʻrin - 40 ming dollar;
7-oʻrin - 30 ming dollar;
8-oʻrin - 20 ming dollar;
9-oʻrin - 12,5 ming dollar;
10-oʻrin - 7,5 ming dollar;

Eslatib oʻtamiz, musobaqa 17 fevralga qadar davom etadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport