02:25 / 08.02.2025
0

O‘zbekistonda eng yomon havo sifati qayd etilgan hudud aniqlandi

O‘zbekistonda eng yomon havo sifati qayd etilgan hudud aniqlandi
Farg‘ona vodiysi va Samarqand atrofida havo ifloslanishi yuqori darajada. IQAir xaritasiga ko‘ra, O‘zbekistonning ayrim hududlarida havo sifati juda past. Eng og‘ir vaziyat Farg‘ona vodiysi va Samarqand atrofida kuzatilmoqda.

Eng yuqori ifloslanish darajasi:
🔴 Farg‘ona – AQI 416 (juda zararli)
🟣 Qo‘qon – AQI 228 (juda zararli)
🔴 Buxoro – AQI 179 (zararli)
🔴 Samarqand – AQI 172 (zararli)
🔴 Andijon – AQI 193 (zararli)

Mutaxassislar avtomobil gazlari, sanoat chiqindilari va qattiq yoqilg‘idan foydalanish havo ifloslanishining asosiy sabablaridan ekanini ta’kidlamoqda.

Tavsiyalar:
✅ Nafas olish muammosi bor odamlarga ko‘chada kamroq bo‘lish tavsiya etiladi.
✅ Maktab o‘quvchilari va keksalar ochiq havoda uzoq vaqt qolmasligi kerak.
✅ Niqob taqish va havo tozalagichlardan foydalanish tavsiya etiladi.

Meteorologlarning fikriga ko‘ra, kelgusi kunlarda yog‘ingarchilik va shamol tufayli havo sifati yaxshilanishi mumkin.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston