
Oʻzbekistonda 2024 yilda eng qimmat avtoraqam auktsionda 965,3 million soʻmga sotildi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi (UzRTSB) ma'lum qildi.
Yanvar-dekabr oylarida oʻzbekistonliklar 195 mingdan ortiq “chiroyli” avtoraqam sotib oldi. 2023 yil bilan solishtirganda, qiziqish ikki barobar oshdi, savdo hajmi esa 569 milliard soʻmga etib, 43,6% oʻsish kuzatildi.
Asosiy faktlar:
- 97% avtoraqamlar jismoniy shaxslarga sotilgan, 3% esa kompaniyalar tomonidan xarid qilingan.
- Eng arzon raqam esa 1,7 million soʻm evaziga oʻz egasini topdi.
- Auktsion orqali avtoraqamlar savdosi 2017 yildan beri amalga oshirilmoqda.
- Eng qimmat avtoraqam esa 2023 yil dekabr oyida (01 888 BBB) 1,1 milliard soʻm evaziga sotilgan.
O'zbekiston RespublikasiAvtoraqam AuktsioniChiroyli AvtoraqamSavdo HajmiEng Qimmat RaqamJismoniy Shaxslar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing