![Internetda endi onlayn kurslarni faqat tadbirkorlar oʻtkazishi mumkin](/uploads/posts/2025-02/666a7f4c56_autism-remote-learning-2048x1366.webp)
Hukumat qarori bilan «Ma'rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida»gi nizom tasdiqlandi.
Ma'rifiy faoliyat – insonni shaxsiy, intellektual va ma'naviy rivojlantirish, ijtimoiy va iqtisodiy faolligini oshirish, intellektual va ijodiy salohiyatini namoyon etish, individual salohiyati, imkoniyatlari, kommunikativ qobiliyatlarini yaxshilash uchun zarur koʻnikma va malakani shakllantirishga qaratilgan hamda davlat ta'lim standartlari bilan qamrab olinmaydigan faoliyat turi hisoblandi.
Nizom ma'rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibi va shakllarini belgilaydi hamda quyidagilarni nazarda tutadi:
- ma'rifiy faoliyatni amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy shakllari hamda ushbu faoliyatni amalga oshiruvchilarga nisbatan qoʻyiladigan talablar;
- ma'rifiy faoliyatni amalga oshirish shakllari (ma'ruza, taqdimot, seminar, mahorat darsi, kurs, lektsiya, marafon, davra suhbatlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa shakllarda, bevosita yoki onlayn, yakka tartibda yoki guruhlarda, pulli yoki bepul);
- ma'rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibi, shu jumladan, ushbu faoliyat tinglovchilari orasida voyaga etmagan shaxs mavjud boʻlsa, majburiy tartibda ma'rifiy faoliyat dasturini ishlab chiqish talabi;
- ma'rifiy faoliyat ishtirokchilarining huquqlari, majburiyatlari va ma'rifiy faoliyatni amalga oshirishda taqiqlanadigan xatti-harakatlar.
Ma'rifiy faoliyat bilan yuridik shaxs tashkil etib yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtib shugʻullanish mumkin.
Ma'rifiy faoliyat bilan yozma yoki elektron shaklda tuziladigan shartnomaga muvofiq pulli asosda shugʻullaniladi.
14 yoshdan kichik shaxslarning ma'rifiy faoliyat tadbirlarida tinglovchi sifatida ishtirok etishlariga ularning ota-onasi (qonuniy vakillari) yozma roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar