Ilon Mask rahbarligidagi investorlar konsortsiumi OpenAI direktorlar kengashiga ChatGPT chatbotini nazorat qiluvchi notijoriy tashkilotni 97,4 milliard dollarga sotib olish uchun ariza kiritdi, deb yozadi The Wall Street Journal.
OpenAI rahbari Sem Altman X ijtimoiy tarmogʻi orqali ushbu taklifga javob qaytardi: «Yoʻq, rahmat, ammo xohlasangiz biz Twitterʼni 9,74 milliard dollarga sotib olishimiz mumkin. Ilon Mask Twitterʼni 2022 yilda 44 milliard dollarga sotib olgan va uning nomini X’ga oʻzgartirgan edi.
Mask OpenAI’ning hammuassislaridan biri (u 2018 yilda kompaniya direktorlar kengashini tark etgan) boʻlib, u kompaniyaning tijoriy faoliyatga oʻtishiga qarshilik bildirgan. Mask kompaniyaning tijoratlashtirilishi boʻyicha OpenAI va Altmanni sudga bergan. Uning fikricha, OpenAI de-fakto Microsoftʼning yopiq kodli shu'ba kompaniyasiga aylantirilgan.
«OpenAI uchun ochiq birlamchi kodga qaytish vaqti keldi», — deydi Mask.
Biznesmen uning X.AI sun'iy intellekt startapini (2023 yil martda yaratilgan) qoʻllab-quvvatlagan, bitimdan keyin u OpenAI bilan birlashishi mumkin. Shuningdek, u bir qancha investorlar, jumladan, Valor Equity Partners, Baron Capital, Atreides Management, Vy Capital, 8VC va boshqalarning qoʻllab-quvvatlovini olgan.
Yanvar oyida biznesmenning advokati Mark Toberoff Kaliforniya va Delaver (OpenAI roʻyxatdan oʻtkazilgan manzil) bosh prokurorlariga maktub yoʻllab, uning ulushini sotish boʻyicha auktsion oʻtkazilishini soʻragan. Oʻz navbatida OpenAI Maskning huquqiy e'tirozlarini asossiz deb atagan. Dekabr oyida kompaniya Mask OpenAI’ning tijoriy tuzilmaga aylantirilishini qoʻllab-quvvatlagani, ammo nazoratni qoʻlga kirita olmagani bois undan ketgani keltirilgan hujjatlarni e'lon qildi.
Inauguratsiyaning ertasi kuni Donald Tramp va Altman Amerika ma'lumotlarni qayta ishlash markazlariga keyingi toʻrt yilda 500 milliard dollargacha investitsiya kiritishni nazarda tutuvchi loyihani taqdim etdi. Tramp bilan qalin aloqaga ega boʻlsa-da, Mask unda ishtirok etmadi. Keyinroq u Altmanni firibgar deb atadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar