
Bugun, 11 fevral kuni, Yevropa futbolidagi eng nufuzli musobaqa – UYEFA Chempionlar Ligasi pley-off bosqichidan o‘rin olgan "Real Madrid" – "
Manchester Siti" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Karlo Anchelotti shogirdlari o‘z maydonida Pep Gvardiola boshchiligidagi “shaharliklar”ni qabul qiladi va nimchorak finalga yo‘l olish uchun kurash olib boradi.
Bu o‘yin nafaqat ikki jamoa uchun, balki butun futbol olami uchun katta ahamiyatga ega. Sababi, bugungi bahs Chempionlar Ligasining eng yirik va intiqlik bilan kutilayotgan uchrashuvlaridan biri hisoblanadi.
Gvardiola qaysi tarkibni tanlaydi?Bellashuv arafasida bir nechta nufuzli futbol saytlari Pep Gvardiola bu o‘yinda qanday futbolchilarga ishonch bildirishi mumkinligi haqida taxminlarini e’lon qildi.
90min nashrining taxmini90min nashri “Manchester Siti”ning “Real Madrid”ga qarshi 4-2-3-1 sxemasida o‘ynashi mumkinligini ta’kidladi. Tahlilchilarga ko‘ra, Gvardiola quyidagi tarkibni tanlashi mumkin:
(4-2-3-1) sxemasi:Darvozabon: Ederson
Himoyachilar: Akanji, Stouns, Dias, Gvardiol
Yarim himoyachilar: Bernardo, Kovachich
Hujumkor yarim himoyachilar: Foden, De Bryuyne, Savino
Hujumchi: Holand
Sportingnews nashrining taxminiBu manba ham 4-2-3-1 sxemasida o‘ynash ehtimoli yuqori ekanini ta’kidladi. Boshqa manbalardan farqli ravishda, ular Gvardiolaning start tarkibda Jek Grilishga ishonch bildirishi mumkinligini ta’kidladi.
(4-2-3-1) sxemasi:Darvozabon: Ederson
Himoyachilar: Akanji, Stouns, Dias, Gvardiol
Yarim himoyachilar: Bernardo, Gonsales
Hujumkor yarim himoyachilar: Foden, De Bryuyne, Grilish
Hujumchi: Holand
Sportsmole nashrining taxminiSportsmole nashri esa Himoya chizig‘idagi taxminiy tarkibda o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin deb hisoblaydi. Ularga ko‘ra, bugungi o‘yinda himoya chizig‘i quyidagicha shakllanishi mumkin:
(4-2-3-1) sxemasi:Darvozabon: Ederson
Himoyachilar: Nunes, Akanji, Dias, Gvardiol
Yarim himoyachilar: Silva, Kovachich
Hujumkor yarim himoyachilar: Foden, De Bryuyne, Savino
Hujumchi: Holand
Onefootball nashrining taxminiOnefootball nashri e’lon qilgan ehtimoliy tarkibda o‘zbek himoyachisi
Abduqodir Husanov nomzodi ko‘rib chiqilmagan. Ularga ko‘ra, Gvardiola quyidagi variantni tanlashi mumkin:
(4-2-3-1) sxemasi:Darvozabon: Ederson
Himoyachilar: Nunes, Akanji, Dias, Gvardiol
Yarim himoyachilar: Silva, Kovachich
Hujumkor yarim himoyachilar: Foden, De Bryuyne, Marmush
Hujumchi: Holand
Muxlislar uchun muhim ma’lumotlarUchrashuv sanasi: 11 fevral, 2025
Boshlanish vaqti: Tungi 1:00 (Toshkent vaqti bilan)
Stadion: Santyago Bernabeu (Madrid, Ispaniya)
Translyatsiya: Televideniye va onlayn platformalar orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Ta’kidlash joizki, ushbu uchrashuv uchun “Manchester Siti” tarkibidan
Abduqodir Husanov ham qaydnomaga kiritilgan. Uning o‘yinga tushish-tushmasligi hali aniq emas, ammo u tarkibda borligi o‘zbekistonlik futbol muxlislari uchun qiziqarli yangilik bo‘lishi mumkin.
“Real Madrid” – “Manchester Siti” o‘yini nafaqat Chempionlar Ligasining, balki joriy mavsumning eng muhim va shiddatli to‘qnashuvlaridan biri bo‘lishi kutilmoqda.
“Real” yarim himoya va himoya chizig‘idagi jarohatlar bilan muammoga duch kelgan.
“Manchester Siti” esa asosiy yulduzlarini maydonga tushirib, o‘yin nazoratini qo‘lga olishga harakat qiladi.
Kim g‘alaba qozonishi hali noma’lum, ammo bugungi kecha haqiqiy futbol shouga aylanishi aniq!
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Xato topdIngizmi
Iborani ajratib
Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar »
Sport » Abduqodir Husanov bugun “Real”ga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushadimi?