4 164
Prezident Jizzaxda qurilish materiallari korxonalarini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq berdi
Shavkat Mirziyoyev Jizzax shahri Mustaqillik ko‘chasida bunyod etilayotgan ko‘p qavatli uylar qurilishini ko‘zdan kechirdi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, hududda 10 ta 7 qavatli uy barpo etilmoqda. Joriy yil Mustaqillik bayrami kunlari ularning foydalanishga topshirilishi natijasida 420 ta oila yangi uyli bo‘ladi.
«Birgina bu emas. Hali oldinda amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlari talaygina. Sharof Rashidov tumani Uchtepa shaharchasida ko‘p qavatli, ‘Toqchilik’ qishloq fuqarolar yig‘inida arzon uy-joylar qurish, Islom Karimov ko‘chasi bo‘yicha zamonaviy infratuzilma ob’ektlari barpo etish, Toshkent va Alisher Navoiy ko‘chalari kesishgan hudud qiyofasini o‘zgartirish, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash va boshqa loyihalar rejalashtirilgan», — deyiladi xabarda.
Davlat rahbari bu ishlarga zarur qurilish materiallarini viloyatning o‘zida ishlab chiqarish, bu boradagi tajriba va texnologiyaga ega zavodlarni jalb etib, shunday korxonalar tashkil qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Manba: Daryo.uz
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi