12:50 / 03.10.2018
6 134

Shavkat Mirziyoyev birdaniga 4 ta qonunni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev birdaniga 4 ta qonunni imzoladi
Joriy yilning 2 oktyabr kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev birdaniga toʻrtta qonunni imzoladi.

Birinchi qonun - “Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti Ustavi va Tartib-qoidalarini ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”. Qonunda taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston islom davlatlari Standartlar va metrologiya instituti Ustavi va Tartib-qoidalarini ratifikatsiya qilmoqda.

Ikkinchi qonun bilan Oʻzbekiston Islom hamkorlik tashkiloti Ustaviga kiritilgan tuzatishni ratifikatsiya qilmoqda.

Keyingi qonun bilan respublika 2015 yil 12 dekabrdagi Parij bitimini ratifikatsiya qildi.

Oxirgi qonunga muvofiq 5 aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kuni etib belgilandi. Mazkur Qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 6 sentyabrda qabul qilingan hamda Senat tomonidan 2018 yil 27 sentyabrda maʼqullangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev birdaniga 4 ta qonunni imzoladi