Hozirgi vaqtda Orol fojiasi tufayli 5,5 mln gektardan ortiq maydonda Orol qum-sahrosi paydo bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasida aytildi.
«Orol qum-sahrosi paydo bo‘lgani tufayli har yili 100 mln tonna qum va tuz havoga ko‘tarilmoqda. Orol dengizining suvsiz qolgan yerlarida yashil o‘rmonlar barpo etishga alohida e’tibor bermoqdamiz.
Biz O‘zbekiston tashabbusini qo‘llab-quvvatlagani uchun BMT Bosh kotibi janob Antoniu Guterrish hamda BMTning boshqa institutlaridan, hamkor davlatlardan minnatdormiz. Biz bor kuch va imkoniyatlarimizni ishga solib, Orolbo‘yidagi vaziyatni yaxshilash bo‘yicha harakatlarimizni yanada kuchaytiramiz.
Qabul qilinayotgan maxsus dasturga ko‘ra, Orol dengizining suv osti hududida kelgusi yilning o‘zida yana 500 ming gektar o‘rmonzor barpo etiladi.
Yaqinda aeroportni ochib, Nukusga katta samolyotni qo‘ndirdik. Nukusda hamma narsaga ruxsat beramiz.
Bir oy ichida ikkita katta zavod ochilyapti. Qoraqalpog‘istonning shahar va qishloqlarida kelajakda yangi qurilishlar amalga oshiriladi. Xususan, Mo‘ynoq tumanida barcha zarur infratuzilmaga ega bo‘lgan shaharcha qurmoqchimiz», - dedi davlat rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi