
Birlashgan Arab Amirliklari Al Huda islom bankchiligi va iqtisodiyoti markazi olib borgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining qariyb uchdan biri (30%) foizni harom deb bilgani uchun bankka omonat qo‘yish xizmatlaridan foydalanmaydi.
Tadqiqot natijasi o‘tgan hafta Toshkentdagi anjumanda e’lon qilingan.
Islom bankchiligi va moliyasiga bag‘ishlangan anjumanda Toshkentni MDH davlatlari orasida Islomiy moliyalash markaziga aylantirish takliflari yangragan.
Biroq mamlakatda Islomiy moliyaning huquqiy asoslarini yaratish sust kechayotgani aytiladi.
G‘arbda allaqachon musulmon bo‘lmaganlar ham islomiy bank xizmatlaridan foydalanishadi.
Britaniyadagi eng yirik Al Rayan Bankning aytishicha, o‘tgan yili mijozlarning har uchtadan bittasini musulmon bo‘lmaganlar tashkil etgan.
"Ekonomist" jurnalining yozishicha, olinadigan foydaning yuqoriligi islomiy banklarni tobora jozibador qilmoqda.
Toshkentda o‘tgan anjumanda Kanada, Pokiston, BAA, Quvayt, Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikistondan kelgan delegatlar ishtirok etdi. O‘zbekistondan Moliya vazirligi va Markaziy bank mas’ullari bilan birga tadbirkorlar hamda mutxassislar qatnashdi.
Tadbir tashkilotchilaridan Birlashgan Arab Amirligining Al Huda islom bankchiligi va iqtisodiyoti markazi boshqaruvchi direktori Muhammad Zubayr Mug‘al O‘zbekistonda Islomiy moliyaning rivojlanishi uchun katta salohiyat borligini aytgan.
Islomiy moliya mavzusini Moskvadan iqtisodchi Jamshid Muslimov bilan muhokama qildik.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar