
Argentina terma jamoasi va Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Xulian Alvares faoliyatini boshqa Ispaniya grand jamoasida davom ettirishi mumkin. Mundo Deportivo xabariga koʻra, 25 yoshli futbolchini Kataloniyaning "Barselona" klubi oʻz safiga qoʻshib olishga qiziqish bildirmoqda.
"Koʻk-anorranglilar" rahbariyati Alvaresni 37 yoshli polshalik Robert Levandovski oʻrniga mos nomzod sifatida koʻrmoqda. Levandovskining shartnomasi kelgusi yilning yozida yakuniga yetadi.
Alvaresning transfer qiymati 100 million yevroga teng. Uning amaldagi shartnomasi 2030-yilning yozigacha amal qiladi.
Joriy La Liga mavsumida argentinalik hujumchi 12 uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.