
JCH–2026 saralash bosqichining Yevropa qit’asi bo‘yicha eng yaxshi to‘purarlari ma’lum bo‘ldi. Norvegiya hujumchisi Erling Haaland ro‘yxatda birinchi o‘rinni egalladi. U 7 ta o‘yinda 14 ta gol urib, saralashning eng samarali futbolchisiga aylandi.
Ikkinchi o‘rin Niderlandiya terma jamoasi vakili Memfis Depayga tegishli. U 6 ta uchrashuvda 7 ta gol kiritgan. Depay jamoaning hujumdagi asosiy kuchi bo‘lib qolayotgani yana bir bor tasdiqlandi.
Keyingi o‘rinlarda Ispaniya terma jamoasi futbolchisi Mikel Merino, Belgiya yulduzi Kevin De Bruyne va Angliya hujumchisi Garri Keyn qayd etilgan. Ularning har biri 6 tadan gol urgan. Ayniqsa, Merinoning bu natijaga 4 ta o‘yinda erishgani e’tiborga molik.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Yevropa saralashida raqobat yuqori darajada ketmoqda. Yetakchi to‘purarlardan har bir gol terma jamoalarning JCH–2026 yo‘lidagi imkoniyatiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.