Gidrometeorologiya xizmati markazi 29 may - 1 iyun kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, 29 mayda ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 30–31 mayda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 1 iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 29 mayda ba’zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29 mayda kechasi 15–20 daraja iliq, kunduzi 30–35 daraja issiq; 30 mayda kechasi 15–20 daraja iliq, kunduzi 22–27 daraja issiq; 31 may-1 iyunda kechasi 13–18 daraja iliq, kunduzi 25–30 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 30–31 mayda ba’zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 29–30 mayda 17–22 daraja, 31 may-1 iyunda 15–20 daraja iliq, kunduzi 29 mayda 34–39 daraja bo‘ladi, 30 may-1 iyunda 28–33 daraja issiqqacha asta-sekin pasayadi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 30–31 mayda ba’zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15–20 daraja iliq, kunduzi 29–31 mayda 31–36 daraja, 1 iyunda 28–33 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 31 mayda ba’zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17–22 daraja iliq, kunduzi 29–30 mayda 34–39 daraja bo‘ladi, 31 may-1 iyunda 30–35 daraja issiqqacha pasayadi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 m/s tezlik-da esadi. Harorat 29 mayda kechasi 12–17 daraja iliq, kunduzi 31–36 daraja issiq, 30 may-1 iyunda kechasi 15–20 daraja iliq, kunduzi 31–36 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 29–31 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 31 may-1 iyunda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7–12 daraja iliq, kunduzi 29–31 mayda 20–25 daraja issiq, 1 iyunda 17–22 daraja iliq bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi