Skaloni Italiyaning Jahon chempionatida yo‘qligidan qayg‘uli fikr bildirdi

Argentina milliy jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Italiyaning Jahon chempionati–2026ga chiqolmay qolgani haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda AlbicelesteTalk xabar bermoqda.
“Italiya bilan bog‘liq voqea meni chuqur xafa qildi. Menda italyan ildizlari bor, u yerda faoliyat yuritganman va bu mamlakat Argentina uchun juda yaqin. Ular bizga nisbatan katta muhabbat bilan munosabatda bo‘lishadi. Argentina muxlislari uchun ham Italiyasiz jahon chempionati to‘liq va yoqimli emas”, — dedi Skaloni.
Eslatib o‘tamiz, Italiya Bosniya va Gersegovinaga qarshi pley-off finalida 1:1 hisobidan so‘ng penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lib, JCH–2026 yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi.
Qayd etilishicha, bu Italiyaning ketma-ket uchinchi bor Jahon chempionatining final bosqichida ishtirok etolmasligi sifatida tarixga kirdi.
Skalonining fikri shuni ko‘rsatadiki, Italiyaning yo‘qligi nafaqat Yevropa, balki Jahon chempionati muxlislari uchun ham sezilarli va qayg‘uli voqea bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!