JCH-2026: O‘zbekiston terma jamoasining taqvimi bilan tanishing!

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- O'zbekiston JCH-2026 guruh bosqichining “K” guruhida Portugaliya, Kolumbiya va Kongo DR terma jamoalariga qarshi o'ynaydi.
- Terma jamoamiz 18 iyun kuni 07:00 da Mexikoda Kolumbiya bilan, 23 iyun kuni 22:00 da Xyustonda Portugaliya bilan va 28 iyun kuni 04:30 da Atlantada Kongo DR bilan bahs olib boradi.
- Kongo DR Yamaykani 1:0 hisobida mag'lub etib, guruhdagi so'nggi yo'llanmani qo'lga kiritgan.
Nihoyat, o‘zbek futboli ishqibozlari yillar davomida intizorlik bilan kutgan lahzalar yaqinlashmoqda. JCH-2026 guruh bosqichida terma jamoamizga kimlar raqiblik qilishi maʼlum bo‘ldi.
So‘nggi saralash bahsida Kongo DR terma jamoasi Yamayka ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, so‘nggi yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, vakillarimiz joy olgan “K” guruhi to‘liq shakllandi.
“K” guruhi tarkibi:
- Portugaliya — Global futbol grandi;
- Kolumbiya — Janubiy Amerikaning texnik jamoasi;
- O‘zbekiston — Osiyoning «oq bo‘rilari»;
- Kongo DR — Afrikaning jismoniy baquvvat vakili.
«Oq bo‘rilar»ning taqvimi: Shimoliy Amerika yo‘llarida
Fabio Kannavaro shogirdlari uchun musobaqa haqiqiy sinovdan boshlanadi. O‘yinlar Mexikodan tortib Atlantagacha bo‘lgan yirik shaharlarda bo‘lib o‘tadi:
- 18 iyun, 07:00 (Mexiko): O‘zbekiston — Kolumbiya
Ilk turni Janubiy Amerikaning kuchli vakiliga qarshi boshlaymiz. Bu o‘yin guruhdagi keyingi taqdirimizni belgilab berishi shubhasiz.
- 23 iyun, 22:00 (Xyuston): Portugaliya — O‘zbekiston
Dunyo yulduzlariga qarshi kechadigan ushbu bahs o‘zbek futboli tarixidagi eng nufuzli o‘yinlardan biri bo‘lishi kutilmoqda.
- 28 iyun, 04:30 (Atlanta): Kongo DR — O‘zbekiston
Guruh bosqichining hal qiluvchi bahsi Afrika vakiliga qarshi kechadi.
Venesuela ustidan g‘alaba — ruhiy ustunlik
Eslatib o‘tamiz, vakillarimiz yaqindagina Janubiy Amerikaning yana bir vakili — Venesuelani penaltilar seriyasida (5:4) mag‘lub etishgan edi. Bu g‘alaba lotin amerikalik ekspertlarning hayratiga sabab bo‘ldi. Hatto xorij nashrlari Venesuelaga futbolni yig‘ishtirib, beysbol bilan shug‘ullanishni maslahat berishdi. Bu esa vakillarimizda Kolumbiya bilan o‘yin oldidan katta ishonch uyg‘otmoqda.
Aziz muxlislar, sizningcha, Fabio Kannavaro boshchiligidagi terma jamoamiz ushbu qiyin guruhdan chiqa oladimi? Qaysi raqib biz uchun eng xavfli deb o‘ylaysiz?































Izohlar 0
…