O‘zbekistonda IT sohasida eng ko‘p qaysi xorijiy kompaniyalar faol?

1 daqiqa o'qish224
O‘zbekistonda IT sohasida eng ko‘p qaysi xorijiy kompaniyalar faol?

O‘zbekistonda axborot va aloqa sohasida 2026 yil 1 mart holatiga ko‘ra 1 242 ta xorijiy korxona faoliyat yuritmoqda, deb xabar beradi Milliy statistika qo‘mitasi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, eng katta ulush 457 ta kompaniya bilan Rossiyaga to‘g‘ri keladi. Keyingi o‘rinlarni Qozog‘iston (113 ta) va Belarus (63 ta) davlatlari egallagan.

Shuningdek, boshqa mamlakatlar ham faol ishtirok etmoqda:

  • AQSh – 58 ta kompaniya
  • Turkiya – 51 ta kompaniya
  • Xitoy – 40 ta kompaniya
  • Qolgan davlatlar hissasi – 341 ta kompaniya

Ro‘yxatda, shuningdek, BAA (32 ta), Yaponiya (30 ta), Tojikiston (29 ta) va Janubiy Koreya (28 ta) ham muhim o‘rin tutgan.

Statistikaga ko‘ra, 2026 yilning yanvar–fevral oylarida axborot va aloqa xizmatlari hajmi 14,776 trillion so‘mni tashkil etgan. Bu hajm tarkibida:

  • Kompyuter dasturlash xizmatlari – 46%
  • Telekommunikatsiya xizmatlari – 31,2%
  • Axborot xizmatlari – 14,3%
  • Nashriyot xizmatlari – 6,3%

Ushbu ma’lumotlar O‘zbekistonda IT va axborot-kommunikatsiya sektori qanday rivojlanayotganini, shuningdek, xorijiy investitsiyalarning sohadagi ta’sirini ko‘rsatadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?