Tramp AQSh operatsiyasi yaqin haftalarda yakunlanishini ma’lum qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Yaqin Sharqdagi harbiy operatsiya yaqin 2–3 hafta ichida yakunlanishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, amalga oshirilgan harakatlar natijasida asosiy maqsadlarga erishilgan.
Trampning ta’kidlashicha, AQSh Eronning yadro quroli yaratish imkoniyatini deyarli yo‘qqa chiqargan. Shuningdek, u mamlakat ichida “vazminroq yetakchilar” hokimiyatga kelganini ham qayd etdi.
Oq uy rahbari Vashington Tehron bilan kelishuvga erishish yoki erishmasligidan qat’i nazar, operatsiyani yakunlab, mintaqadan chiqib ketishini bildirdi. Uning fikricha, operatsiyani davom ettirish uchun zarurat qolmagan.
“Eronning iqtisodiyoti va harbiy qudrati sezilarli darajada zaiflashtirildi”, — deya qo‘shimcha qildi Tramp.
Shu bilan birga, AQSh prezidenti bugun, mahalliy vaqt bilan soat 21:00 da Eron masalasi yuzasidan xalqqa murojaat qilishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!