10:00 / 31.08.2020
3 579

Koronavirus yuqtirganlar soni o‘zgardi

Koronavirus yuqtirganlar soni o‘zgardi
2020 yil 31 avgust soat 10.00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 41651 (+123) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 89 nafari Toshkent shahrida, 14 nafari Qashqadaryo viloyatida, 10 nafari Toshkent viloyatida, 8 nafari Andijon viloyatida hamda 2 nafari Namangan viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Mirobod tumanida yashagan 60 yoshli X.A. (ayol) hamda Uchtepa tumanida yashagan 53 yoshli S.D. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 38819 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 2515 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 250 nafari og‘ir, 137 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Koronavirus yuqtirganlar soni o‘zgardi