13:09 / 16.08.2021
2 948

Shavkat Mirziyoyev ilk bor matbuotga intervyu berdi

Shavkat Mirziyoyev ilk bor matbuotga intervyu berdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident matbuot xizmati rahbari Sherzod Asadov navbatdagi brifingini o‘tkazdi. Unda bu haftadagi qator tadbirlar va rejalar bo‘yicha ma’lumot berildi.

Hududiy elektr tarmoqlari korxonalarini transformatsiya qilish, o‘quv-tarbiya jarayonlari sifatini oshirish, yerhisobiniyuritish sohasidagi ishlarnatijadorligi yuzasidan taqdimotlar o‘tkazilishi mo‘ljallangan.

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidentining tadbirkorlar bilan «ochiq muloqoti»ga faol tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Jurnalistlarimiz, umuman, xalqimiz uchun qiziqarli yana bir anons: 17 avgust kuni «Yangi O‘zbekiston» gazetasida Prezident Shavkat Mirziyoyevning intervyusi chop etiladi. Gazeta bosh muharriri Salim Doniyorov bilan bo‘lgan ushbu suhbatda O‘zbekistonning oxirgi 5 yillikdagi rivojlanish yo‘li, ichki va tashqi siyosati, hozirgi kundagi ustuvor vazifalar haqidagi so‘z boradi. Ishonchim komilki, bu suhbat keng qamrovliligi, faktlarga boyligi va dasturiy ahamiyatga egaligi bilan barcha vatandoshlarimizda, shuningdek, xorijiy ekspertlarda katta qiziqish uyg‘otadi, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev ilk bor matbuotga intervyu berdi