10:36 / 19.03.2023
182

“An-Nassr” Ronaldu gol urgan o‘yinda irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi

“An-Nassr” Ronaldu gol urgan o‘yinda irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi
 
Futbol bo‘yicha Saudiya Arabistoni chempionatining 21-turida “An-Nassr” 18 mart, shanba kuni “Abha” bilan bahs olib bordi.
 
Uchrashuvning 26-daqiqasida “Abha” futbolchisi Adam hisobni ochdi. 78-daqiqada esa Ronaldu jarima zarbasidan gol urib, muvozanatni tikladi. 86-daqiqada Anderson Taliska penaltidan unumli foydalanib, “An-Nassr”ga g‘alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi.
 
Jaloliddin Masharipov 88-daqiqada G‘arib o‘rniga maydonga tushdi.
 
“An-Nassr” 49 ochko bilan musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. Birinchi o‘rindagi “Al-Ittihod”da 50 ochko mavjud.
 
Saudiya Professional Ligasi
 
21-tur bahsi
 
18 fevral, shanba
 
“An-Nassr” – “Abha” 2:1
 
Gollar: 0:1 – 26 Adam, 1:1 – 78 Ronaldu, 2:1 – 86 Taliska (penalti).
 
“An-Nassr”: Al-Akidi, Al-Ganam (Bushal, 88), Alvaro Gonsales, Al-Amri, Konan, Taliska, Luis Gustavo, Al-Sulayhim (Maran, 46; Al-Avjami, 90), Al-Haybari (Al-Hassan, 65), Ronaldu, G‘arib (Masharipov, 88).
 
“Abha”: Epassi, Al-Hamsal (Amro, 75), Natik, Atushi, Al-Zori, Al-Saluli (Al-Omran, 85), Al-Sudani, Saddiki (Matich, 75), Bguir, Kaysedo (Alsadi, 74), Adam (Al-Zahrani, 90).
 
Ogohlantirishlar: Kaysedo (32), Al-Haybari (33), Al-Sulayhim (38), Al-Sudani (77), Adam (85), Bguir (90), Konan (90).
 
Chetlatish: Al-Sudani (80).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “An-Nassr” Ronaldu gol urgan o‘yinda irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi