
Yurtimizda 9 may keng miqyosda “Xotira va qadrlash kuni” katta tantanalar bilan nishonlanib, Ikkinchi jahon urushi va mehnat frontida tinchlik uchun kurashib halok bo‘lgan jasur va matonatli o‘g‘lonlar xotirasi yod etiladi hamda urush va mehnat frontida jasorat ko‘rsatgan nuroniylarimiz e’zozlanishi xalqimizga xos qadriyatlar ko‘zgusi sanaladi.
Ushbu sana munosabati bilan Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan ham ushbu sana munosabati bilan faxriy xodimlar holidan xabar olish, nuroniylarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, marhumlarni yod olish an’anaga aylangan.
Bundan tashqari, ushbu sana munosabati bilan Byuro xodimlari o‘rtasida mini futbol musobaqalariga ham start berildi.
Bugun aynan shunday tadbirlarning biri Toshkent shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida bo‘lmoqda, unda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlari xodimlari o‘rtasida xodimlarning jismonan sog‘lom bo‘lishlarini ta’minlash, ularning ishdagi mehnat unumdorligini oshirish maqsadida, mini-futbol bo‘yicha “Byuro direktori kubogi” tashkil etildi.
Musobaqada hududiy boshqarma va uning tuman bo‘limlari xodimlaridan iborat 14 ta jamoa kuch sinashdi. Ushbu musobaqa dastlab, Byuroning hududiy boshqarmalarida tuman-shahar bo‘limlari miqyosida o‘tkazilib, ulardan saralab olingan g‘olib jamoalar xodimlaridan tarkib topgan Byuroning 14 ta hududiy boshqarma terma jamoalari o‘rtasida saralash bosqichlari bo‘lib o‘tdi.
Murosasiz kechgan bellashuvlarda barcha jamoalar faol ishtirok etdi va bellashuvga puxta tayyorgarlik ko‘rganliklarini o‘yinlar davomida isbotlab berdi.
Turnirda Byuroning Farg‘ona, Qashqadaryo, Namangan viloyatlari hamda Poytaxt boshqarmasi jamoalari yarim final bosqichigacha yetib kelishdi va musobaqa so‘nggida Byuroning Namangan viloyat boshqarmasi va Farg‘ona viloyat boshqarmasi terma jamoalari final bosqichiga yetib kelishdi.
Murosasiz kechgan o‘yinda Namanganlik Byuro xodimlarining qo‘li baland kelib, 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. G‘alaba qozongan jamoalarga Byuro direktori tomonidan sovrin va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bu kabi tadbirlar Byuro xodimlari uchun an’anaga aylanishi va kelgusida ham yuqori darajada tashkil etib borilishi belgilandi.
Maqsad esa, xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishni kundalik turmush tarziga aylantirish, sport orqali salomatlikni tiklashga ko‘maklashishdan iboratdir.
Xotira Va Qadrlash KuniIkkinchi Jahon UrushiByuro Direktorining KubogiToshkent ShahriMini Futbol MusobaqalariNamangan ViloyatiJismoniy TarbiyaSog‘lom Turmush Tarzi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar