
Toshkentda 9 may kuni 2000 kishi ishtirokida 5 kilometr masofa yugurish musobaqasi o‘tkaziladi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Shu munosabat bilan, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida soat 05:00 dan 11:00 gacha bo‘lgan vaqt oralg‘ida transport vositalarining harakati quyidagi ko‘chalarda vaqtincha cheklanadi:
- Cho‘ponota ko‘chasining Bunyodkor ko‘chasidan Shota Rustaveli ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
- Unga tutash bo‘lgan Nurxon, Arnasoy, Sa’di Sirojiddinov va Bog‘ibuston ko‘chalari.
«Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan holda haydovchilardan yondosh va aylanma yo‘llardan harakatlanishlarini so‘rab qolamiz», — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, marafon ishtirokchilariga uchburchak shaklidagi front maktubiga o‘xshatib ishlangan yoki frontchilarning familiyalari yozilgan konvert-maktub beriladi. Xatning orqa tomonida urushda halok bo‘lgan o‘zbekistonlik askarning ismi, qisqacha hayoti yoki iqtibos keltiriladi.
Har bir yuguruvchi ramziy ma’noda «xatni o‘z egasiga yetkazib beradi» – uni katta xotira taxtasiga yopishtiradi, marraga yetib kelganlar askarlarning ismi yozilgan qog‘oz parchalarini ham yopishtiradi, shu tariqa, xotira devori paydo bo‘ladi.
ToshkentMayMusobaqaTransport HarakatiXavfsizlikMarafon Ishtirokchilari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar