
Angliya Premer-ligasi yetakchisi «Manchester Siti» klubining bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovning so‘nggi paytlarda nega asosiy tarkibdan joy olmayotganiga aniqlik kiritdi. Ispaniyalik tajribali mutaxassis bu haqda «Vulverhempton»ga qarshi uchrashuv oldidan jurnalistlar bilan muloqotda aytib o‘tdi. Bu haqida City Xtra nashri xabar tarqatdi.
Gvardiola o‘z nutqida «Bornmut» bilan bo‘lib o‘tgan bahs vaqtida Husanovning sariq kartochkasi borligi sababli ehtiyotkorlik yuzasidan uni zaxirada qoldirishga qaror qilganini ta’kidladi:
– «Bornmut»ga qarshi o‘yinda Abduqodirning hisobida sariq kartochka bor edi. Bunday holatda har qanday xatarga yo‘l qo‘yishni istamayman. Shu bois u zaxirada qoldirildi. Bu o‘yinda biz chap qanotda ko‘proq bosim va harakat ko‘rsatishimiz talab etilgandi. O‘Raylini qanotga surib, Yoshko Gvardiolni markazga jalb qildik. O‘sha paytda Niko O‘Rayli maydonda shunchalik ko‘p vaqt o‘tkazadi deb xayolimga ham keltirmagan edim. Ammo u bergan ishonchimni to‘liq oqladi.
Gvardiola o‘zining qarorlari va jamoaning tarkibiga tanlashda barqarorlik asosiy omil ekanini ham urg‘uladi:
– Ayni paytda Nunes, O‘Rayli va Gvardiol birgalikda jamoa himoyasida barqaror va ishonchli o‘yin ko‘rsatishmoqda. Himoyadagi umumiy harakatlar yaxshi ketyapti. Husanovning maydonga tushmasligining asosiy sababi aynan shu. Bu jamoada hech bir futbolchi asosiy tarkibdagi o‘rni kafolatlangan deb o‘ylamasligi lozimligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, futbolchi ertaga maydonga tushmasam kerak, degan fikr bilan ham yashamasligi shart, – deb qo‘shimcha qildi Gvardiola.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» bugun, 2 may kuni Premer-liga doirasida «Vulverhempton» bilan bahs olib boradi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi. Abduqodir Husanov bu o‘yinda maydonga tushadimi yoki yo‘qmi, buni uchrashuv boshlanganda bilib olamiz.
Manchester SitiAbduqodir HusanovXosep GvardiolaPremer-ligaVulverhemptonChap qanot O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar