
Angliya Premer-ligasining bu mavsumdagi eng yaxshi hujumchilaridan biri sanalgan Aleksander Isaak Yevropaning bir qator yirik klublari diqqatini torta boshladi. Ayniqsa, Shvetsiya terma jamoasining 25 yoshli to‘purari joriy mavsumda «qarg‘alar» safida 39 ta o‘yinda 26 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirganidan keyin uning muxlislari yanada ko‘paydi.
Ma’lum bo‘lishicha, Angliya chempionligini muddatidan avval nishonlagan «Liverpul» hamda chempionlik uchun kurashda ikkinchi pog‘onani egallashga yaqin turgan «Arsenal» kabi jamoalar yozda Isaakni o‘z saflariga jalb qilish uchun harakat boshlamoqchi.
Biroq, «Nyukasl» rahbariyati o‘zining asosiy hujumchisini sotish niyatida emas. Klubning asosiy xo‘jayini sanalmish Yosir Ar-Rumayyon mutasaddilarga bu masala bo‘yicha hech qanday takliflarni ko‘rib chiqmaslik haqida aniq ko‘rsatma bergan.
Klub rahbariyati shvetsiyalik futbolchining jamoa uchun naqadar muhim ekanligini juda yaxshi tushunadi va tez orada uning agentlari bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarga kirishishni rejalashtirmoqda. Yaqin orada Isaak va klub o‘rtasida yangi, yaxshilangan shartnoma imzolanishi kutilmoqda.
“Nyukasl” yangi shartnoma orqali o‘yinchisini saqlab qolish bilan birga, Yevropaning grand klublari tomonidan keladigan potensial bosimlarni oldini olishga harakat qiladi. Bu esa o‘z navbatida jamoaning kelajakdagi yutuqlari uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Aleksander IsaakAngliya Premer-ligasiShvetsiya terma jamoasiNyukasl futbol klubiLiverpul jamoasiArsenal jamoasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar