date
views 893

Abduqodir Husanovning zaxirada qolishi – asl sabab nima?

Abduqodir Husanovning zaxirada qolishi – asl sabab nima?
Abduqodir Husanovning zaxirada qolishi ayrimlar tomonidan uning formasini yo‘qotgani deb baholanmoqda. Ammo bu faqatgina vaqt mos kelishidir, asl sabablari taktik o‘zgarishlarga borib taqaladi.

Fevral-mart oylarida “Manchester City” “Real”, “Liverpool”, “Tottenham” kabi kuchli raqiblarga qarshi o‘ynadi. Bu davrda jamoa ko‘proq himoyalanishga majbur bo‘ldi va Husanovning o‘yin uslubi aynan shu sharoitda mos kelardi.

So‘nggi turlarda esa “Crystal Palace”, “Leicester”, “Everton” kabi nisbatan xavfsiz jamoalarga qarshi o‘ynalmoqda. “City” hujumga ko‘proq urg‘u berib, to‘pni nazorat qilishni oshirdi. Masalan, fevral-martda to‘p nazorati o‘rtacha 56% bo‘lgan bo‘lsa, so‘nggi 4 o‘yinda bu ko‘rsatkich 65%ga yetgan.

Bu esa yarimhimoyachilarga ehtiyojni oshirdi, aniq himoyachi sifatida Husanovga bo‘lgan talab kamaygan. Guardiola esa doimo tayyor va barqaror o‘yin ko‘rsata oladigan futbolchilarni jamoada ko‘rishni istaydi. Unga ko‘ra, jarohatlar ko‘pligi sababli jamoa doim foydalanishga tayyor futbolchilarga ehtiyoj sezmoqda.

Shunday ekan, Husanov asosiy tarkibda bo‘lmasa-da, u hanuzgacha jamoa bilan birga. Guardiola uni “Goodison Park”ga olib kelgan — bu esa uning imkoniyatlari tugamaganini anglatadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abduqodir Husanovning zaxirada qolishi – asl sabab nima?