
Yevropa Ligasi yarim final javob bahsida "Tottenxem" safarda "Bude-Glimt"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv Norvegiyaning "Aspmyura" stadionida o‘tkazildi. Bu natija orqali "Tottenxem" ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 5:1 hisob bilan final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Ikkinchi bo‘limda mehmonlar faollik ko‘rsatdi. Dominik Solanke 63-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, Pedro Porro 69-daqiqada ikkinchi golni kiritdi. Bude-Glimt to‘pni 69 foiz nazorat qilgan va 603 pas bajarganiga qaramay, hujumda sermahsullik ko‘rsata olmadi. Tottenxem esa oz sonli imkoniyatlardan unumli foydalandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar