
Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibiga aylangan argentinalik yulduz Lionel Messi ko‘p yillar davomida jahon futbolida o‘zining asosiy raqibi Krishtianu Ronaldu bilan eng kuchli futbolchi bo‘lish uchun raqobat qilib kelgan edi.
Hozirda ikki afsonaviy futbolchi ham o‘z faoliyatining yakunlovchi pallasiga kirib qolgan. Ayni paytda AQSHning “Inter Mayami” klubi sharafini himoya qilayotgan Lionel Messi, hozirgi davrdagi eng yaxshi futbolchilar kimligini ma’lum qildi.
Mening nazarimda, bugungi kundagi eng kuchli futbolchilar – aynan hozir maydonda o‘ynayotgan yulduzlardir. Ularni butun dunyo muxlislari tomosha qiladi va millionlab bolalar ular kabi futbolchi bo‘lishni orzu qilib o‘smoqda.
Hozirgi paytda eng yuqori darajada o‘ynayotgan yulduzlar – Kilian Mbappe, Erling Xoland, Lamin Yamal, Vinisius Junior va Robert Levandovskidir.
Ayniqsa, Yamalning 17 yoshida qilayotgan ishlari va shu yoshdayoq erishayotgan muvaffaqiyatlari meni ham hayratlantirmoqda. Mana shunday yosh iqtidorlarning kelajagi yorqin bo‘ladi, - deya ta’kidladi Messi.
Eslatib o‘tamiz, Yevropa futbolida “Barselona” va “Pari Sen-Jermen” klublari bilan ko‘plab g‘alabalarni qo‘lga kiritgan Lionel Messi, 2023 yil yozidan buyon AQSHning “Inter Mayami” klubida to‘p surmoqda. Argentinalik yulduzning klub bilan amaldagi shartnomasi esa joriy yilning 30 iyun sanasida o‘z nihoyasiga yetadi.
O'zbekiston yangiliklari Oltin To'pLionel MessiFutbol YulduzlariInter MayamiKuchli FutbolchilarYosh Iqtidorlar Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar