505
"Paxtakor"ning sobiq murabbiyi "Navbahor" chempion bo‘lishini va ilk iste’fo qachon yuz berishini aytdi
Superligamizda 3 ta tur bo‘lib o‘tdi. Kimdadir o‘ziga yarasha taassurotlar shakllandi. Terma jamoalarimizning yig‘inlari sababli chempionatimizda kichik tanaffus paydo bo‘ldi. Shuning uchun mutaxassis, "Paxtakor"ning sobiq murabbiyi Jasur Abduraimov bilan Superliganing ilk turlari haqida biroz suhbatlashdik.
- Superliga siz kutgan darajada boshlandimi? Dastlab shu haqida to‘xtalib o‘tsangiz.
- Dastlabki ikkita turdan keyin “Paxtakor”ning ochkosiz qolgani kutilmagan holat bo‘ldi. “Bunyodkor” “Neftchi” bilan birga zo‘r natija qayd etib turibdi. 3 ta o‘yin, 3 ta g‘alaba. 4-5 ta turdan keyin hamma narsa joy-joyiga tushadi. Buni murabbiylar ham, futbolchilar ham bilishadi.
- Demak, siz “Bunyodkor” bilan “Neftchi”ning bunday startini kutmagandingiz-a?
- Kutmaganman. Bu narsa syurpriz bo‘lyapti.
- Sizni hayron qoldirayotgan jamoa qaysi bo‘lyapti?
- Yaxshi narsadanmi yo yomon narsadanmi? Rosti, “So‘g‘diyona”ni yomon startini kutmagandim.
- Bu yil qaysi klub syurpriz qiladi, deb o‘ylaysiz?
- O‘ylashimcha, bu yil “Navbahor” chempion bo‘ladi.
- Aynan nima sababdan “Navbahor” chempion bo‘ladi, deb o‘ylayapsiz?
- Ko‘rinyaptiki, klubda yaxshi tashkilotchilik bor. Xatolar bo‘ladi, ammo baribir tashkilotchilik yaxshi bo‘lyapti. Yana bir asosiy jihati – bu muxlislar. Bunday ashaddiy ishqibozlar albatta jamoaga yordam beradi. O‘zingiz ko‘rdingiz, U-20 Osiyo chempionatida muxlislarimiz terma jamoani qay darajada qo‘llab-quvvatladilar-a? Jamoaga juda katta yordam berishdi. Shunaqa muhit va qo‘llab-quvvatlov Namanganda ham bo‘ladi. “Navbahor”ning har bir pozitsiyasida raqobat kuchli. Zaxirada ham kimlar o‘tirganini ko‘ring. Ular ham klubni kuchaytira oladilar.
- “Paxtakor”ning starti haqida nima deya olasiz?
- Nima deya olamiz? Ikkita o‘yinni yutqazishini hech kim kutmagandi. Tayyorgarlik yaxshi bo‘lgan. Keyingi turlardan so‘ng nima bo‘lishini ko‘ramiz. “Navbahor”ni yutdi. Lekin o‘ylashimcha bu durangga mos uchrashuv bo‘lgandi. Albatta, “Paxtakor”ning ikkita turda mag‘lub bo‘lgani syurpriz bo‘lib qoldi.
- Hakamlar masalasiga nima deya olasiz? Ular yana natijalarga ta’sir ko‘rsatyaptimi?
- Hakamlarda xatolar bor. Ko‘p emas, ammo bor.
- Chempionatimizdagi ilk iste’fo qaysi murabbiy bilan yuz beradi, deb o‘ylaysiz?
- Bilmadim. Bu qiyin masala. Kimdir ishonadi, kimdir ishonmaydi. Kim oxirgi uchta o‘yinni yutmasa, o‘ylashimcha o‘sha iste’foga chiqadi.
- Murabbiylarni ishini kuzatayotgan bo‘lsangiz kerak. Sizga yoqayotganlari kimlar?
- Hozir hamma natijaga o‘ynayapti. Natija bo‘lsa ishlaydi, natija bo‘lmasa ishlamaydi. Yosh murabbiylarga qiyin bo‘ladi. Sifatli, tajribali mutaxassislar hamma narsaga o‘rgangan, murabbiylikka yaqinda qadam qo‘ygan yoshlarga esa oson emas.
- 3 ta turdan so‘ng sizni ajablantirgan natija?
- “Paxtakor”ning “Olimpik” bilan o‘yini. Chunki “Olimpik”ni yutishini kutmagandim.
- Bu yil “Olimpik”ni qanday ko‘ryapsiz? O‘tgan yilgi debyut ishtirokidan keyin medallar uchun kurashishi kutilmoqda. Bunga potensiali yetarlimi?
- “Olimpik” yaxshi jamoa. Lekin barqarorlik yetishmayapti. “Paxtakor” bilan yaxshi o‘ynadi. Keyin OKMKga qarshi boshqacha bo‘ldi. Biroq harakati va mehnati bor. Zamonaviy futbol o‘ynashyapti.
- “Nasaf”ning ishtirokigachi? Ilk turda yutqazib, keyin ikki marta g‘alaba qozondi. Ularni bu yil nimaga qodir deb hisoblaysiz?
- “Nasaf” juda yaxshi jamoa, yaxshi murabbiyga ega. O‘ylashimcha, hammasi oldinda. “Nasaf” kuchli uchtalikda bo‘ladi.
Shuhratbek Jo‘rayev.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?