
"Roma" futbolchisi Eldor Shomurodov Italiya A Seriyasining 35-tur ramziy jamoasiga kiritildi, deb Kursiv.media xabar berdi. WhoScored portali ushbu haftadagi eng yaxshi futbolchilarni e'lon qildi.
Shomurodov o'tgan haftada "Fiorentina"ga qarshi o'yinda Artyom Dovbykka golli pas berib, jamoasiga 1:0 hisobidagi g'alabani ta'minladi.
Diario AS
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Shomurodovning transfer bahosi 4 million yevroni tashkil etadi. 2025-yil 8-may holatiga ko'ra, u "Roma" safida 82 o'yinda 13 gol urgan va 11 golli pas bergan.
Shuningdek, Shomurodov "Roma" klubi muxlislari tomonidan aprel oyining eng yaxshi o'yinchisi deb topildi. Ushbu oyda u "Yuventus" va "Verona"ga qarshi o'yinlarda gol urdi, "Inter"ga qarshi o'yinda esa golli pas berdi.
Eldor ShomurodovA SeriyaRoma FutbolchisiTransfermarkt Ma'lumotlariGolli PasMuxlislar Tanlovi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar