
Xitoyning Jiangsu World Group korporatsiyasi Surxondaryo viloyatida paxta yetishtirish va qayta ishlash bo'yicha avtomatlashtirilgan korxonalar tashkil etish uchun 95 million dollar sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Kursiv Media.
Loyiha doirasida 20 ming gektar yer maydonida paxta yetishtirish, yig'ish va tolani qayta ishlash ishlari amalga oshiriladi. Xitoy delegatsiyasi va viloyat hokimi Ulug'bek Qosimov o'rtasida bo'lib o'tgan uchrashuvda loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish va tegishli yer uchastkalarini tanlash masalalari muhokama qilindi.
Jiangsu World Group qishloq xo'jaligi va qurilish texnikasi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo'lib, uning mahsulotlari Osiyo, Yevropa va Amerika qit'alaridagi agrar korxonalarga yetkazib beriladi.
XitoySurxondaryo viloyatiPaxta yetishtirishAvtomatlashtirilgan korxonalarSarmoya kiritishJiangsu World Group O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar