21:12 / 02.06.2023
315

Transfermarkt O‘zbekiston Superligasi futbolchilarining yangi narxlarini e’lon qildi

Transfermarkt O‘zbekiston Superligasi futbolchilarining yangi narxlarini e’lon qildi
Dunyoga mashhur futbol portali Transfermarkt O‘zbekiston chempionatida o‘ynayotgan futbolchilarning yangi narxlarini e’lon qildi.
 
Unga ko‘ra O‘zbekiston U-20 terma jamoasi va "Paxtakor" klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayevning narxi eng ko‘p ko‘tarilgan - 450 000 yevro. Endi uning transfer narxi 750 ming yevroga baholanmoqda.
 
"Navbahor" vakili Oston O‘runov va "Neftchi" yarim himoyachisi Nurillo To‘xtasinovning narxlariga 300 ming yevrodan qo‘shilgan. Endi har ikkala futbolchining yangi transfer narxi 800 ming yevroga teng.
 
"Dinamo"dan "Navbahor"ga o‘tib stabil o‘ynab kelayotgan Ibrohim Yo‘ldoshevning narxi 275 ming yevroga ko‘tarildi va 500 ming yevroga yetdi. O‘zbekiston U-20 terma jamoasi va "Nasaf" klubi o‘ng qanot vakili Zafarmurod Abdirahmatovning portaldagi narxi bungacha 100 ming yevro edi va yarim yildagi o‘yinlari orqali 250 ming yevro qo‘shildi.
 
Superligada birinchi davra kashfiyotlaridan biri bo‘lgan "Surxon" futbolchilari Silvanus Nimeli va Asilbek Jumayevning narxlariga 200 ming yevrodan qo‘shildi. Ta’kidlash lozimki, bunga qadar portalda 18 yoshli Jumayevning narxi umuman yo‘q edi.
 
O‘zbekiston U-20 terma jamoasi yetakchilaridan biri bo‘lgan Behruz Asqarovning narxiga 175 ming yevro qo‘shildi. Tajribali futbolchilar Husniddin Aliqulov va Xurshid G‘iyosovning narxlari endi 150 ming yevroga qimmatroq bo‘ladi.
Transfer narxi eng ko‘p pasayganlar orasida "Paxtakor" vakillari Sardor Rashidov va Sherzod A’zamov "peshqadam". Ikkala futbolchining narxlari 150 000 yevrodan kamaydi. Farruh Sayfiyev, Javohir Qahramonov, Eldorbek Suyunov, Dushan Stoilkovich, Zakariya Beglarishvili, Azim Ahmedov, Xumoyun Murtozayev va Muhammad Ali Ben Salemning narxlaridan 100 ming yevrodan olib tashlandi.
Yangilanishdan keyin O‘zbekiston chempionatida 1 millionlik futbolchilar soni ikki nafarga yetdi. Bungacha uzoq muddat Odiljon Hamrobekov Superligamizning eng qimmat futbolchisi bo‘lib turgandi. Bugungi o‘zgarishlardan keyin "Nasaf" himoyachisi Husniddin Aliquvloning portaldagi narxi ham 1 000 000 yevroga yetdi.
 
"Paxtakor" vakillari Dostonbek Hamdamov, Hojiakbar Alijonov , Sardor Sobirxo‘jayev va OKMK vakili Xurshid G‘iyosovning narxlari bir xil - 900 000 yevrodan. Ro‘yxatning davomini "Navbahor"chilar egallashgan Jamshid Iskanderov va Shohruz Norxonov 850 000 yevrodan. Birinchi davrada ajoyib o‘ynagan Oston O‘runov ham TOP-10ga kirib oldi. "Nasaf" chap qanot himoyachisi Sherzod Nasrullayevning transfer narxi ham O‘runov singari 800 ming yevro.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Transfermarkt O‘zbekiston Superligasi futbolchilarining yangi narxlarini e’lon qildi