"Real Madrid" himoyachisi Ferlan Mendi besh oyga safdan chiqdi

"Real Madrid" himoyachisi Ferlan Mendi jiddiy jarohat sababli joriy mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi. Tibbiy tekshiruvlar natijasida uning o'ng oyoq tizzasida pay uzilishi aniqlangan. Agar jarrohlik amaliyoti o'tkazilsa, tiklanish jarayoni taxminan besh oy davom etadi. Bu Mendi uchun joriy mavsumdagi beshinchi jarohat bo'lib, u faqat to'qqizta o'yinda 448 daqiqa maydonda bo'lgan.
"Real Madrid" klubi himoyachisi Ferlan Mendi jiddiy jarohat sababli joriy mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Fransiyalik futbolchi "Espanyol"ga qarshi o'yinning dastlabki o'n daqiqaligida maydonni tark etishga majbur bo'ldi.
Tibbiy tekshiruvlar natijasida Mendining o'ng oyoq tizzasidagi payida uzilish borligi tasdiqlandi.
Klub shifokorlari futbolchini jarrohlik amaliyotidan o'tkazish eng to'g'ri yo'l ekanligini ta'kidlamoqda.
Agar operatsiya qilinsa, uning tiklanish jarayoni taxminan besh oy davom etadi va u yozgi yig'inlarni ham o'tkazib yuboradi.
Bu Mendining joriy mavsumdagi beshinchi jarohati bo'lib, u hozirgacha bor-yo'g'i to'qqizta o'yinda 448 daqiqa harakat qildi.
"Real Madrid" so'nggi ikki mavsum davomida futbolchilarning jismoniy holati va jarohatlar bilan bog'liq jiddiy muammolarga duch kelmoqda.































Izohlar 0
…