Samsung Galaxy S27 flagmani kamerasi 200 megapikselli o'zgaruvchan diafragmaga ega bo'ladi

Samsung Galaxy S27 Ultra modeli Galaxy S10 kabi o'zgaruvchan diafragmali kameraga ega bo'lishi kutilmoqda. Ushbu obyektiv 200 megapikselli datchik modulida joylashadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Wisdom Pikachu insayderining ma'lumotlariga ko'ra, kompaniya keyingi flagman uchun o'zgaruvchan diafragmali asosiy kamerani sinovdan o'tkazmoqda. Bunday texnologiya avvalroq Galaxy S10 tarmog'ida qo'llanilgan edi.
Yangi yondashuv yorqin kunduzgi yorug'likda ham, qorong'i sharoitda ham suratlar sifatini oshirishga yordam beradi. Shuningdek, asosiy kamera modulida dinamik diapazonni kengaytiruvchi LOFIC sensori o'rnatilishi mumkin.
Avvalroq Galaxy S27 Ultra smartfoni 3 karrali optik zumga ega teleobyektivdan mahrum bo'lishi mumkinligi xabar qilingan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!