Katie Haun kriptostartaplarni qo'llab-quvvatlash uchun 1 mlrd dollar jalb qildi

"Andreessen Horowitz" kompaniyasining sobiq investori Katie Haun kriptovalyuta va blokcheyn startaplarini qo'llab-quvvatlash maqsadida yangi fondlar orqali 1 mlrd dollar mablag' jalb qilganini e'lon qildi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.
"Bloomberg" nashrining xabar berishicha, ushbu sarmoya turli bosqichdagi startaplarga yo'naltiriladi. Shuningdek, mablag'lar muqobil aktivlar, jumladan, oltin va boshqa tovarlar hamda moliyaviy xizmatlarga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun ham ishlatiladi.

Kompaniya kelgusi ikki-uch yil ichida ushbu sarmoyani global miqyosda taqsimlashni rejalashtirmoqda. Katie Haun 2021 yil oxirida "a16z" kompaniyasini tark etgan va 2022-yilda o'zining venchur firmasiga asos solgan edi.
"Pitchbook" ma'lumotlariga ko'ra, hozirda firma 2 mlrd dollardan ortiq aktivlarni boshqaradi. Uning investitsiyalari qatoriga Palmer Luckey asos solgan "Erebor Bank" va "Ellipsis Labs" kriptomoliya kompaniyasi kiradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!