21:20 / 26.04.2024
460

U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston final uchun Saudiyadan revansh oldi! (video)

U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston final uchun Saudiyadan revansh oldi! (video)
23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi chorak final bosqichi doirasida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib bordi. Unda hamyurtlarimiz 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Birinchi golni Husain Norchayev kiritgan bo‘lsa, ikkinchi golga Umarali Rahmonaliyev mualliflik qildi. Shuningdek, 70-daqiqada raqiblar a’zosi Ayman Yahyo ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydondan chetlatildi.

Shu tariqa, O‘zbekiston olimpiya jamoasi yarimfinalga yo‘llanma olib, eng kamida Parij Olimpiadasi yo‘llanmasi uchun pley-off bahsida maydonga tushishini kafolatladi. Olimpiyachilarimiz final yo‘llanmasi uchun bahsda 29 aprel kuni Indoneziyaga qarshi maydonga tushadi.

Ma’lumot uchun, Parij-2024 Olimpiadasiga Osiyo uchun 3,5ta o‘rin ajratilgan. Finalchilar va 3-o‘rin sohibi Parijga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmaga ega chiqsa, 4-o‘rin sohibi Afrika qit’asining Gvineya olimpiya jamoasiga qarshi pley-offda to‘p surib, Olimpiadaga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

U-23 Osiyo kubogi 1/4 final
O‘zbekiston U-23 — Saudiya Arabistoni U-23 2:0
Gollar
: Husayn Norchayev (45+2), Umarali Rahmonaliyev (84).

O‘zbekiston U-23: 1. Abduvohid Ne’matov, 4. Abduqodir Husanov, 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 6. Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, 10. Jasurbek Jaloliddinov (s), 14. Abbosbek Fayzullayev, 17. Diyor Xolmatov, 18. Alibek Davronov, 19. Husayn Norchayev, 20. Ruslanbek Jiyanov, 23. Abdurauf Bo‘riyev.
Zaxira: 2. Saidazamat Mirsaidov, 3. Zafarmurod Abdirahmatov, 7. Hojimat Erkinov, 8. Ibrohim Ibragimov, 9. Ulug‘bek Hoshimov, 11. Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 12. Vladimir Nazarov, 15. Umarali Rahmonaliyev, 16. Asadbek Rahimjonov, 21. Hamidullo Abdunabiyev, 22. Alisher Odilov.

Saudiya Arabistoni U-23: 2. Muhammad Vahib Alshamat, 4. Rayan Muhammad Hamid, 6. Eid Almuvallad, 8. Faysal Al Gamdi (s), 9. Abdulloh Radif, 11. Ahmad Al Gamdi, 12. Zakaria Havsavi, 17. Xaytam Muhammad Asiri, 19. Meshal Ibyani Hayrulloh, 22. Muhammad Salim Alabsi, 23. Ayman Yahyo.
Zaxira: 1. Abdulrahmon Alsanbi, 3. Muhammad Sulaymon Bakor, 5. Jexad Tikri, 7. Ziyod Aljoxani, 13. Muhammad Al Dossari, 14. Avad Al Nashri, 15. Marvan Al Saxafi, 18. Abdulloh Said, 20. Salix Abu Alshamat, 21. Axmad Aljubaya.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston final uchun Saudiyadan revansh oldi! (video)