date

Arteta: Chempionlik poygasi haqida hali erta gapirish

Arteta: Chempionlik poygasi haqida hali erta gapirish
Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta joriy mavsumdagi chempionlik poygasi haqida fikr bildirdi. 26-oktyabr kuni "Arsenal" Angliya chempionati 9-turida o‘z maydonida "Kristal Pelas"ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

Ushbu g‘alaba ortidan "to‘pchilar" turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda. Matbuot anjumanida Arteta shunday dedi: "Hali gapirishga erta, axir hozir oktabr oyi.

Ehtiroslar baland, ammo hali ko‘p narsani to‘g‘rilashimiz kerak." Hozirda "Arsenal"ning hisobida 22 ochko bor. Turnir jadvalining kuchli uchligidan "Bornmut" (18 ochko) va "Sanderlend" (17 ochko) ham joy olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Arteta: Chempionlik poygasi haqida hali erta gapirish