Cristiano Ronaldo va Al-Nassr Osiyo Chempionlar ligasi 2 finalida mag‘lub bo‘ldi

1 daqiqa o'qish905
Cristiano Ronaldo va Al-Nassr Osiyo Chempionlar ligasi 2 finalida mag‘lub bo‘ldi

Cristiano Ronaldo va uning Al-Nassr jamoasi uchun mavsumdagi navbatdagi sovrin orzusi barbod bo‘ldi. Saudiya Arabistonining nufuzli klubi o‘z maydonida o‘tgan Osiyo Chempionlar ligasi 2 finalida Yaponiyaning Gamba Osaka jamoasiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. King Saud University stadionida kechgan bahsda mezbonlar yaqqol favorit sanalishiga qaramay, kutilmagan natija qayd etildi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Uchrashuvning 30-daqiqasida Gamba Osaka hujumchisi Deniz Hummet Issam Jebalining uzatmasidan so‘ng darvozani aniq nishonga olib, o‘yin taqdirini hal qilgan yagona gol muallifiga aylandi. Jorge Jesus shogirdlari o‘yin davomida to‘p nazoratini o‘z qo‘lida ushlab turgan bo‘lsa-da, raqib himoyasini yorib o‘tishda qiynalishdi.

Ikkinchi bo‘limda Al-Nassr bosimni yanada kuchaytirdi. Biroq, yaponiyalik 18 yoshli darvozabon Rui Araki o‘z darvozasini daxlsiz saqlab qolish uchun bir nechta seyv namoyish etdi. Xususan, Joao Felixning kuchli zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytgan bo‘lsa, Cristiano Ronaldo va Sadio Manening urinishlari ham samarasiz yakunlandi.

O‘yinning 86-daqiqasida Genta Miuraning qahramonlarcha amalga oshirgan bloki Cristiano Ronaldoni gol urishdan mahrum qildi. Yakunda Gamba Osaka intizomli himoya evaziga g‘alabani saqlab qoldi va Osiyo Chempionlar ligasi 2 kubogini qo‘lga kiritdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?