Afsonaviy aktrisa Merilin Monroning rentgen suratlari auksionga chiqarildi

Amerikalik afsonaviy aktrisa Merilin Monro tavalludining 100 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan auksionda unga tegishli shaxsiy buyumlar savdoga qo‘yildi.
Auksionda jami 190 ta lot taqdim etilgan. Ular orasida aktrisaning xatlari, hujjatlari, film ssenariylari, kosmetika vositalari, taqinchoqlari va tibbiy rentgen suratlari ham bor.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 1954 yilda olingan Merilin Monroning ko‘krak qafasi rentgeni 2250 dollarga, tos sohasi rentgeni esa 1250 dollarga baholangan.

Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda keskin bahslarga sabab bo‘ldi. Ko‘plab foydalanuvchilar insonning shaxsiy tibbiy ma’lumotlarini savdoga qo‘yishni axloqiy jihatdan nomaqbul deb hisoblamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing